KXDR vs AQSh. Qo‘shma Shtatlar yana ayblandi
KXDRning BMTdagi doimiy vakolatxonasida Qo‘shma Shtatlar bilan aloqalarga javobgar bo‘lgan shimoliy koreyalik diplomat Pak Son Ilning Associated Press’ga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, AQSh, Pxenyanni WannaCry kompyuter virusini tarqatishda ayblab, Shimoliy Koreyaga qarshi dushmanlik kayfiyatidagi muhitni yanada keskinlashtirishga urinmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ayblovlar KXDRga nisbatan «o‘ta keskin muhitni yaratish» kabi vazifani o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
«Agarda ular bunga to‘la ishonishsa, u holda dalil-isbotlarni taqdim etishsin», - deya aytib o‘tdi Son Il.
Avvalroq AQSh prezidentining ichki xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Tom Bossert WannaCry zararli dasturi bilan kiberhujum ortida Shimoliy Koreya turgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:09
AQShning Polshadagi yangi RQM bazasi Rossiya raketalarini urib tushira oladi
22:41 / 13.10.2024
Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyani «dahshatli halokat»dan ogohlantirdi
13:07 / 13.10.2024
«Chekmaydi va onda-sonda ozgina ichadi». Kamala Harris o‘z tibbiy kartasini e’lon qildi
16:29 / 12.10.2024