21:45 / 27.12.2017
31236

Sher va gnu ohusining olishuvi tasvirga olindi (video)

Savannada urg‘ochi sher va gnu ohusining olishuvi videosi paydo bo‘ldi. Rolik Keniyadagi Masai-Mara qo‘riqxonasining Youtube’dagi kanalida joylashtirilgan.

Videoda bir necha urg‘ochi sher ov vaqtida ohular to‘dasiga hujum qilganini ko‘rish mumkin. Ohular yirtqichlarni ko‘rib qocha boshlagan. Ulardan biri sherlarga qarshi hujum qilishga qaror qilgan.

Ohu yirtqichlardan birini suzib yerga qulatib, tuyoqlari bilan yanchib tashlamoqchi bo‘lganda sher uni bo‘ynidan ushlab olib, tamog‘idan bo‘g‘izlaydi. Shundan keyin ohu deyarli qarshilik ko‘rsatmay qo‘ygan. Ohu orqasidan boshqa sher kelib, uni belidan tishlay boshlaydi. Sherlar oxiri “niyatlariga yetib”, holdan toygan ohuni yerga qulatadilar. 

Videoga berilgan izohda urg‘ochi sher zukkolik namoyish qilib, o‘ljasini “tuzoqqa ilintirgani” ta'kidlab o‘tilgan.

Mavzuga oid
Top