Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi tanqiddan keyin Moliya vazirligi tizimida katta özgarişlar röy bermoqda. 

ÖzA xabariga köra, sobiq Moliya vaziri (Rustam Azimov - tahr.) va Xodimlar boşqarmasining sobiq boşliği panohida bölgan va hanuzgaça tizimda işlab kelayotgan, moliya tizimining nomiga doğ tuşirayotgan xodimlarni haydaş yuzasidan hududiy rahbarlarga qat'iy topşiriqlar berilgan. 

23 dekabr kuni Toşkent şahar davlat moliyaviy nazorati boşqarmasi boşliği hamda uning 3 nafar örinbosari egallab turgan lavozimidan çetlaştirilgandi. 

Şundan söng, Moliya vazirligining hududiy boşqarma boşliqlari tomonidan joylardagi moliya idoralaridan 273 nafar (23 nafari rahbar xodim): 

Ğaznaçilik idoralaridan 65 nafar (12 nafari rahbar xodim): 

Pensiya jamğarmasidan 100 nafar (1 nafari rahbar xodim): 

Davlat moliyaviy nazorati boşqarmalari xodimlaridan 100 nafari (4 nafari rahbar xodim) jami moliya tizimi böyiça 562 nafar davlat idorasi nomiga doğ tuşirgan xodimlar öz lavozimidan ozod etildi. 

Moliya vazirligi tizimidagi vakant iş örinlarini innovatsion ğoya va fikrga ega, zamonaviy texnologiyalarni yaxşi özlaştirgan, iqtidorli yoşlar bilan töldiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Yoşlar ittifoqi hamda iqtisodiy yönalişdagi oliy öquv yurtlariga murojaatlar yuborildi.