23 dekabr kuni Özbekiston Moliya vazirligida ommaviy işdan böşatişlar bölib ötgani rasman tasdiqlandi. ÖzAda aniqlik kiritilişiça, Şavkat Mirziyoyevning 22 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida Moliya vazirligi tizimidagi jiddiy kamçiliklar tanqididan keyin öşa kuni vazirlik markaziy apparatidan 16 kişi ketgan. Jumladan, 2 nafar boş boşqarma boşliği, 2 nafar boş boşqarma örinbosari, 4 nafar boşqarma boşliği, 1 nafar boşqarma boşliği örinbosari, 3 nafar bölim boşliği hamda 4 nafar xodim. Keyinroq yana 8 kişi işdan olingan va ayni vaqtga kelib, işdan böşatilganlar soni 24 nafarni taşkil qilmoqda. Bu miqdor oşişi davom etişi mumkin.

Jumladan, ğaznaçilik boşliği örinbosari — amaliyot boşqarmasi boşliği F. Nurmuhamedov, buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boşqarmasi boşliği Ş. Haydarov, sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilği-energetika majmui moliyasi boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçi A. Abdullayev, davlat moliyaviy nazorati boş boşqarmasi boşliğining örinbosari M. Agzamov, soliq va bojxona tarifi siyosati boşqarmasining boşliği I. Golişeva, davlat moliyaviy nazorati boş boşqarmasi taşkiliy-uslubiy işlar bölimi boşliği B.Jumayev egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan.

Bundan avvalroq Moliya vazirligida bir kunda 50 kişi işdan böşatilgani haqida xabar berilgandi.