Tojikiston MDHdagi raisligi vaqtida nimalar qilmoqchi?
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning ma'lum qilishicha, mamlakat MDHga raislik qilishi davomida eng asosiy sa'y-harakatlarni harbiy-texnik hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltiradi. Ayniqsa harbiy hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirish va tashqi chegaralarda chegaraoldi xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik dasturiga alohida e'tibor qaratiladi.
"Joriy yilda jahonda ko‘plab xavotirli hodisalar ro‘y berdi – bu, birinchi navbatda, dunyoning turli mamlakatlarida terrorizm va ekstremizmning faollashishi, Yaqin Sharqdagi voqealar va Koreya yarim orolidagi vaziyat", - deya aytib o‘tdi u MDH davlatlari yetakchilarining norasmiy uchrashuvida.
"Afg‘onistondagi vaziyat yomonlashgani bilan bog‘liq muammolarni alohida tilga olib o‘tish joiz. Afg‘onistondagi vaziyat hamon xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi asosiy masala bo‘lib turibdi. Afg‘onistonda, xususan, mamlakat shimolida IShID terrorchilik guruhi va bizga ma'lum bo‘lgan boshqa radikal guruhlar faolligi oshmoqda. Shu nuqtai nazardan xalqaro terrorchilik guruhlar kuchlarining harakatlanishi bilan bog‘liq masala dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bu guruhlar tarkibida Hamdo‘stlik mamlakatlaridan bo‘lganlarning borligi esa – alohida tahdid. Shu bilan birga, bu davlatda giyohvand moddalarning noqonuniy ishlab chiqarilishi hajmi va eksporti oshmoqda", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Rahmon.
Uning ta'kidlashicha, NATOning Afg‘onistondagi ko‘p yillik missiyasi kerakli natijalarni bermadi. "Biz afg‘on jamiyati kelasi yili siyosiy rivojlanishning juda muhim pallasiga kirishini ham e'tiborga olishimiz kerak. Men keyingi yilgi parlament saylovlari va mamlakatda bir yildan so‘ng bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan prezidentlik saylovlarini nazarda tutmoqdaman. Bu hodisalarning bari bizdan kerakli darajada e'tibor hamda muvofiqlashtirilgan harakatlarni talab etadi", - deya aytib o‘tdi Rahmon.
Shu bilan birga, Tojikiston rahbarining qayd etishicha, MDH davlatlaridagi vaziyat barqaror bo‘lib qolmoqda. "Bizning MDHdagi raisligimizda asosiy ustuvor yo‘nalish harbiy-texnik hamkorlikni mustahkamlashga qaratiladi. Biz harbiy hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirish va tashqi chegaralarda chegaraoldi xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik dasturiga alohida e'tibor qaratamiz. Terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan kurash masalalariga tegishli e'tibor beriladi", - deya ma'lum qildi u.
Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish va gumanitar sohadagi hamkorlikni ilgari surishga ham tegishli sa'y-harakatlar yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
14:04 / 08.11.2024
MDH davlatlari 2030 yilgacha harbiy hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqadi
16:41 / 03.11.2024