Ilk bor. Yil davomidagi dam oliş kunlari oldindan ma'lum qilindi (infografika)
|23:20 / 30.12.2017123 48011 min
Foto: ThinkstockFoto: Thinkstock
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 28 dekabr kuni «2018 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida»gi farmonni imzolaganidan xabaringiz bor.
2018 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nişonlaş davrida töliq dam olişi uçun qöşimça şart-şaroitlar yaratiş va dam oliş, bayram kunlaridan oqilona foydalanişi, şuningdek, içki turizmni yanada rivojlantiriş Farmonning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Quvonarli tomoni, yil davomidagi iş va dam oliş kunlarini oldindan rejalaştiriş amaliyoti Özbekistonda ilk marta bölmoqda. Bunday amaliyot özining samaradorligi nuqtai nazaridan xorijiy tajribada keng qöllaniladi. Masalan, joriy yil Rossiyada 5 ta, Ukrainada 4 ta, Belarusda 7 ta, Qozoğistonda 5 ta dam oliş kunlari boşqa iş kuniga köçirildi.
Faqat mazkur davlatlardan farqli ölaroq bizda dam oliş kunlarini tartibga solişga oid hujjat Prezident tomonidan qabul qilindi, ularda esa bu masala hukumat rahbari, ya'ni Boş vazirning qarori bilan belgilanadi. Bu davlatimiz rahbari har bir sohada bölayotgan ijobiy özgarişlarda taşabbuskor bölayotganligining isboti, deyiş mumkin.
Yil davomidagi iş va dam oliş kunlarini hali yil boşlanmasdan avval belgilaş xodimlarning böş vaqtlarini unumli ötkazişlariga zarur şaroit yaratib beradi. Ilgari ma'lum bir bayramga 2-3 kun qolganda dam oliş kunlarining köçirilişi belgilanar, buning natijasida xodimlar bunday qisqa fursat içida dam oliş kunlari reja tuziş yoki uni amalga oşirişga ulgurmay qolardi. Şuningdek, ayrim iş beruvçilar Farmonning asl mazmun-mohiyatini anglamasdan özgargan dam oliş kunlari hisobiga xodimlarni qöşimçasiga öşa kuni yoki yakşanba kunlari işlatiş haqida noqonuniy qarorlar çiqarardi. Xuddi şu kabi muammolar dam oliş kuni özgargan oy uçun iş haqini hisoblaş çoğida ham yuzaga kelardi. Endilikda joriy etilayotgan yangi mexanizm uşbu muammolarni bartaraf etişga xizmat qiladi.
Farmon asosida Özbekiston qonunçiligida mehnat munosabatlariga oid yana bir yangi amaliyot kiritildi. Ya'ni joriy yilda ilk marta har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligini qisqartiriş orqali bayram kunlari arafasida qöşimça dam oliş kuni berildi.
Mavzuga oid
Farmonda 3 xil toifadagi dam oliş kunlari haqida söz boradi.
1-toifa: Har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligini qisqartiriş orqali beriladigan bayram kunlari arafasidagi qöşimça dam oliş kuni. Bular:
2 yanvar – seşanba;
20 mart – seşanba;
31 avgust – juma.
ESLATMA: Qöşimça dam oliş kunlari hisobiga mehnat ta'tilining muddati 3 kunga qisqartirilsa ham, lekin ta'til uçun beriladigan tölov miqdori qisqartirilişi mumkin emas, u töliq beriladi.
2-toifa: Beş kunlik iş haftasida işlaydigan xodimlar uçun bayram arafasidagi iş kuniga köçirilgan şanba, dam oliş kuni. Bular:
6 yanvar – şanba 3 yanvar – çorşanbaga;
17 mart – şanba 19 mart – duşanbaga;
24 mart – şanba 22 mart – payşanbaga;
25 avgust – şanba 23 avgust – payşanbaga;
8 sentabr – şanba 3 sentabr – duşanbaga;
15 sentabr – şanba 4 sentabr – seşanbaga;
29 dekabr – şanba 31 dekabr – duşanbaga.
ESLATMA: Uşbu kunlarda 6 kunlik iş haftasida faoliyat olib boradigan xodimlar işga çiqişlari lozim böladi.
3-toifa: Barça xodimlar uçun (5 va 6 kunlik iş haftasidagilar) birdek umumiy dam oliş kuni hisoblangan yakşanba kunini bayram arafasidagi iş kuniga köçiriş. Bunda 26 avgust – yakşanba kuni 24 avgust – jumaga köçirildi.
Yangi yil bayram arafasidagi özgarişlar
Haftasiga 5 kun işlovçi xodimlarga quyidagi kunlar dam oliş kuni hisoblanadi:
30 dekabr – şanba;
31 dekabr – yakşanba;
1 yanvar – Yangi yil bayrami;
2 yanvar – qöşimça dam oliş kuni;
3 yanvar – köçirilgan dam oliş kuni.
Izoh: 6 yanvar – şanba kuni haftasiga 5 kun işlovçilar uçun rasman iş kuni böladi.
Haftasiga 6 kun işlovçi xodimlarga quyidagi kunlar dam oliş kuni hisoblanadi:
31 dekabr – yakşanba;
1 yanvar – Yangi yil bayrami;
2 yanvar – qöşimça dam oliş kuni.
Navröz bayrami arafasidagi özgarişlar
Haftasiga 5 kun işlovçi xodimlarga quyidagi kunlar dam oliş kuni hisoblanadi:
18 mart – yakşanba;
19 mart – köçirilgan dam oliş kuni;
20 mart – qöşimça dam oliş kuni;
21 mart – Navröz bayrami;
22 mart – köçirilgan dam oliş kuni.
Izoh: 17 va 24 mart – şanba kunlari haftasiga 5 kun işlovçilar uçun rasman iş kuni böladi.
Haftasiga 6 kun işlovçi xodimlarga quyidagi kunlar dam oliş kuni hisoblanadi:
18 mart – yakşanba;
20 mart – qöşima dam oliş kuni;
21 mart – Navröz bayrami.
Izoh: 19 va 22 mart kunlari haftasiga 6 kun işlovçi xodimlar uçun iş kuni böladi.
Mustaqillik bayrami arafasidagi özgarişlar
Haftasiga 5 kun işlovçi xodimlarga quyidagi kunlar dam oliş kuni hisoblanadi:
31 avgust – qöşimça dam oliş kuni;
1 sentabr – Mustaqillik bayrami;
2 sentabr – yakşanba;
3 sentabr – köçirilgan dam oliş kuni;
4 sentabr – köçirilgan dam oliş kuni.
Izoh: 8 va 15 sentabr – şanba kunlari haftasiga 5 kun işlovçilar uçun rasman iş kuni böladi.
Haftasiga 6 kun işlovçi xodimlarga quyidagi kunlar dam oliş kuni hisoblanadi:
31 avgust – qöşimça dam oliş kuni;
1 sentabr – Mustaqillik bayrami;
2 sentabr – yakşanba.
Izoh: 3 va 4 sentabr (duşanba-seşanba) kunlari haftasiga 6 kun işlovçi xodimlar uçun iş kuni böladi.
Hayit kunlarida dam oliş qanday taşkil qilinadi?
Prezident Farmoniga berilgan rasmiy şarhda muqaddas Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarining muhimligi va ahamiyatini inobatga olgan holda, milliy-ma'naviy qadriyatlarimizni yuksaltiriş va saqlab qoliş maqsadida 2018 yildan boşlab ayrim dam oliş kunlarini bayram kunlariga yaqin bölgan iş kunlariga köçiriş hisobiga uzluksiz uç kunlik dam oliş kunlari belgilanişi közda tutilayotgani qayd etilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar ekanmiz, köpçilik Prezident farmonidagi faqat Yangi yil, Navröz, Mustaqillik bayramlari arafasidagi köçirilgan dam oliş kunlariga e'tibor berişayotganiga guvoh bölyapmiz. Lekin avgust oyining sönggi 10 kunligida köçirilgan dam oliş kunlari nazardan çetda qolmoqda. Farmonga köra, 25 avgust – şanba 23 avgust – payşanbaga hamda 26 avgust – yakşanba esa 24 avgust – jumaga köçirildi.
Mazkur köçirişlar ayrimlar öylagandek Mustaqillik bayramiga aloqador emas. Aksinça, bu muqaddas Qurbon Hayiti bayrami arafasida aholiga qöşimça qulayliklar yaratiş bilan boğliq.
Uşbu özgarişlardan anglaşiladigan birinçi jihat şundaki, 2018 yilda Özbekistonlik xodimlar köçirilgan dam oliş kunining hisobiga 1 marta yakşanba kuni ham işga çiqişlari kerak böladi. Aniqroği 26 avgust – yakşanba kuni ommaviy iş kuni sifatida e'lon qilinib, uşbu dam oliş kuni 24 avgust – juma kuniga köçirildi.
Ikkinçi jihati, mazkur özgartirişlar jarayonida Qurbon Hayitining 1-kunini taxminan 22 avgust kuniga belgilanişi hisobga olingan. Albatta barçamizga ma'lumki, Hayit bayramlarini oldindan aniq kunini belgilaş imkonsiz, bu oy çiqişiga qarab hal qilinadigan masaladir. Şu sababli ham Farmonda Hayit kunlariga heç qanday işora berilmagan. Lekin ötgan yili yurtimizda 1 sentabr kuni Qurbon Hayiti nişonlangani inobatga olinib, fuqarolarga uşbu muqaddas bayram arafasida qöşimça dam oliş kunlarini taşkil etiş uçun oldindan zamin hozirlangani e'tirofga loyiq.
Agar oy taqvimi böyiça Qurbon Hayiti bayrami 22 avgustga belgilansa, unda haftasiga 5 kun işlovçilar ketma-ket 3 kun (22, 23, 24 avgust) dam olişlari mumkin böladi. Agar Qurbon hayiti bayrami oy çiqişi hisobiga boşqa kunga, masalan 21 yoki 23 avgustga belgilansa, bunday holda ham fuqarolarga qulaylik yaratiş maqsadida Qurbon Hayitining 1-kunini belgilaş töğrisidagi Prezident Farmonida ayni bir paytda dam oliş kunlarini köçiriş masalasi ham inobatga olinişi, ya'ni 23-24 avgustga köçirilgan dam oliş kunlaridan biri mos ravişda 22 avgustga köçiriliş ehtimoli yuqori.
Özbekistonda dam oliş kunini köçiriş amaliyoti haqida qöşimça ma'lumot
Bayram kunlari arafasida aholining dam olişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida dam oliş kunini köçiriş uzoq yillardan buyon mavjud.
Agar tarixga nazar taşlasak, ilk marta bunday qaror 1992 yilda çiqqan edi. Öşanda Mustaqillik kunining 1 yilligi bayram qilinişi munosabati bilan dam oliş kuni 1992 yil 29 avgust şanbadan 31 avgust duşanba kuniga köçirilgan edi.
Bugungaça dam oliş kunlari bilan boğliq asosan 3 xil körinişdagi qarorlar qabul qilingan edi:
Alohida bir iş kunini barça uçun dam oliş kuni deb e'lon qiliş.
Bunday qarorlar kamdan-kam çiqariladi, ammo çiqqanda ham xalqda katta quvonç bilan kutib olinadi. Bunday qarorlarga misol qilib, 2017 yil 2 yanvar (duşanba) yoxud 2015 yil 2 yanvar (juma) kunini dam oliş kuni deb e'lon qilingani keltiriş mumkin.
Juma kunini dam oliş kuni, yakşanbani esa iş kuni deb e'lon qiliş.
Agar bayram kuni haftaning payşanba kuniga töğri kelib qolsa, unda ayrim holatlarda juma kuni dam oliş deb e'lon qilinib, yakşanba kuni esa rasman iş kuni deya belgilanadi. Masalan, 2016 yilda Mustaqillik bayrami payşanba kuniga töğri kelgani sababli, 4 sentabr yakşanba dam oliş kuni 2016 yil 2 sentabr juma kuniga köçirilgan hamda 4 sentabr yakşanba kuni iş kuni deb e'lon qilingan edi. Bunday köçiriş holatlarini 2009 yil 4 yanvar yakşanba dam oliş kuni 2009 yil 2 yanvar jumaga köçirilganida yoki 2002 yil 24 mart yakşanba dam oliş kuni 22 mart jumaga köçirilganida köriş mumkin.
Duşanba kunini dam oliş, şanba kunini iş kuni deb e'lon qiliş.
Agar bayram kuni haftaning seşanba kuniga töğri kelib qolsa, unda aksariyat hollarda duşanba kuni dam oliş deb e'lon qilinib, şanba kuni esa rasman iş kuni deya belgilanadi. Dam oliş kunini köçiriş bilan boğliq eng köp tarqalgan holat aynan mana şu.
Bunga misol qilib, 2016 yil 8 mart bayrami seşanba kuniga töğri kelganligi sababli 5 mart şanba dam oliş kuni 7 mart duşanba kuniga, 2015 yil 8 dekabr arafasida esa 5 dekabr şanba dam oliş kuni 2015 yil 7 dekabr duşanba kuniga köçirilganini keltiriş mumkin.
Yuqorida ta'kidlanganidek, joriy yilda ilk marta mehnat ta'tili kunlarini qisqartiriş hisobiga qöşimça dam oliş kunini e'lon qiliş amaliyoti joriy etildi.