19:50 / 31.12.2017
129598

Kun.uz tasnifi: 2017 yilning ehtiroslarga boy daqiqalari suratlarda​

Yangi yil qarshi olinarkan, barcha birdek o‘tgan davrga nazar tashlaydi. U qanday kechdi? Nimalari bilan esda qoldi? Quyida jahon sahnida yuz bergan hodisalarning eng yorqin lahzalari aks etgan suratlari taqdim qilinadi.

Foto: Reuters

Fotomuxbir chegaradan eson-omon o‘tib olgan rohingya ayoliga yordam qo‘lini uzatmoqda. U oilasi va uyidan ayrilgach, Bangladeshga qochishga majbur bo‘lgan.

Foto: Reuters

Harvi to‘fonidan aziyat chekkan amerikaliklar uylarini tark etib, boshqa hududga ko‘chib ketmoqda.

Foto: Reuters

IShID jangarilariga qarshi kurashayotgan suriyalik askar quroldoshini og‘ir tan jarohati bilan ko‘chma statsionarga yetkazib keldi.

Foto: Reuters

Germaniyaning Gamburg shahrida uchrashgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda AQSh prezidenti Donald Tramp qo‘l siqishmoqda.

Foto: Reuters

Vestminster ko‘prigida yuz bergan halokatda shifokor jarohatlangan yo‘lovchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.

Foto: Reuters

Shimoliy Koreya rahbari Hvasong-12 ballistik raketasini sinovdan o‘tkazishni kuzatib turibdi.

Foto: Reuters

Iroqning Mosul shahrida erkak qizalog‘ini quchoqlab, IShID nazoratidagi hududdan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Reuters

Vladimir Putin «​Vatan himoyachilari kuni»​da Kremldagi «Noma'lum askar» majmuasida

Foto: Reuters

AQShda irqchilikni kuchaytirib yuborgan Donald Tramp so‘zlariga qarshi harakat - o‘yinchilar tiz cho‘kdi

Foto: Reuters

AQShning barcha tirik va sobiq prezidentlari Texas universitetidagi tadbirda ishtirok etmoqda.

Foto: Mixail Palinchak/Press-slujba prezidenta Ukrainy/TASS

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko asirlikdan ozod etilgan ukrain harbiylarini aeroportda shaxsan kutib olmoqda.

Foto: cnn.com

«La La Land» prodyuseri Jordan Horovitz anglashmovchilikdan so‘ng, «Oskar» mukofotini aslida «Moonlight» (Oy yog‘dusi) filmi ijodkorlariga tegishli ekanini isbotlamoqchi bo‘lyapti.

Foto: cnn.com

Boko Haram jangarilari qo‘lidan qutqarib olingan 82 nafar qiz Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy atrofida suratga tushmoqda.

Foto: cnn.com

Saudiya Arabistoni qiroli, Misr va AQSh prezidentlari ramziy sharga qo‘l tekizmoqda. Ular global eksterimistik g‘oyaga qarshi kurashishga kelishib olgandi.

Foto: cnn.com

AQSh Federal qidiruv byurosi sobiq rahbari Jyeymes Komi prezidentlik sayloviga Rossiyaning aralashuvi yuzasidan Senat oldida so‘roq qilinishidan bir lahza avval.

Foto: McGrath/Getty Images

Italiyaning Lampeduza oroliga yaqin joyda afrikalik muhojirlarni olib ketayotgan suv kemasi cho‘kib ketdi. O‘rtayer dengizi ochiq suv havzasida qolib ketgan 600 nafar shaxs qutqarib olindi, ammo 30 nafar muhojir halok bo‘lgani e'lon qilingandi.

Foto: Vincent West/Reuters

Dunyodagi ilk silikon animatronik chaqaloq Bilbao shahridagi ko‘rgazma maydoniga qo‘yilgan. Ko‘rinishida haqiqiy odamga juda o‘xshash bo‘lgan qo‘g‘irchoq bolakayning ichida yuqori texnologik mexanizm ishlaydi.

Foto: Ahmad Yusni/EPA

Kuala Lumpurdagi masjidda musulmon ayol dugonasi bilan suhbatlashmoqda. Ushbu surat Islom olamidagi muqaddas oylardan biri - Ramazon kunlarida tasvirga tushirilgan.

Foto: Hamza Al-Ajweh/AFP/Getty Images

Urush ichida yashayotgan Suriyadagi shaharda istiqomat qiluvchi aholi ro‘za iftorini kutmoqda.

Foto: K.M. Asad/ZUMA

Dakka shahrida dunyoga kelgan siam egizaklari - Ruqqiya va Robbiya shifokorlarning yakuniy xulosasini kutishmoqda. Shundan so‘ng, ularni ajratish bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi belgilangandi.

Foto: Ammar Suleiman/AFP/Getty Images

Jobar shahrida havo zarbasidan yaralangan bola og‘riqqa chiday olmay, yig‘lamoqda.

Foto: Ilya Naymushin/Reuters/Newscom

Krasnoyarsk shahrida tashkillashtirilgan «Ulkan Afrika» tomoshasiga tashrif buyurgan qizni jirafa o‘pib qo‘ymoqda.

Foto: Louis DeLuca/The Dallas Morning News

Hyuston to‘fonida uyidan ayrilgan ona 13 oylik chaqalog‘ini bag‘riga bosib, ofitserga minnatdorlik bildirmoqda.

Foto: Fabrice Coffrini/AFP/Getty Images

Ikki boshli yunon toshbaqasi, Yanus 20 yoshga to‘ldi. Ayni paytda u Shvetsariyadagi «Milliy tarix muzeyi»da yashab kelmoqda.

Foto: David Becker/Getty Images

Taxminan 58 kishi vafot etgan Las Vegas otishmasida sarosimaga tushgan kishilarning harakati

Foto: Pau Barrena/AFP/Getty Images

Kataloniya Mustaqilligi deklaratsiyasi qabul qilinganidan bir hafta o‘tib, hukumat tarafida bo‘lgan kishilar namoyishlarni boshlagandi.

Foto: Ng Han Guan/AP

Xitoy Kommunistik partiyasi rahbari 19-chi Partiya Kongressida ishtirok etmoqda.

Foto: AFP

Ammor Xammasho Suriyadan Kiprdagi m​uhojirlar lageriga yetib kelgan qizining qo‘llarini o‘pmoqda.

2017 yil 15 iyulidan 16 iyuliga o‘tar kechasi Turkiyada 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga urinishning bartaraf etilishining bir yilligi nishonlandi. «Kun» muxbiri voqea joyidan tadbirlarni yoritdi.

Kutilmaganda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 50 mingtalik banktnotlarni muomalaga kiritdi.

6 sentabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi «Bunyodkor» stadionida JCh-2018 saralash bosqichi doirasida guruhning oxirgi turida Janubiy Koreya bilan durang o‘ynadi va yana mundialdan tashqarida qoldi. Bu o‘yindan keyin terma jamoa yetakchilaridan biri Aleksandr Geynrix xalqaro maydondagi faoliyatini yakunladi.

1 avgust kuni o‘tkazilgan oliygohlarga kirish davlat imtihonlari o‘zgacha va qattiq nazorat ostida o‘tkazildi.

12 sentabr kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasining hisobot saylov konferensiyasida yangi prezidentni saylash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu kuni Mirabror Usmonov 10 yillik faoliyatidan so‘ng o‘rnini Ahmadjonovga bo‘shatib berdi.

Benzin narxi oshishi haqidagi rasmiy xabar tarqalishidan bir necha soatlar oldin turnaqator navbatlar hosil bo‘lgandi.

Toshkentning “O‘qchi Olmazor” massivida bunyod etiladigan “Toshkent siti” markazi. Uning umumiy maydoni 70 gektarni tashkil etadi. Markazda sakkizta biznes markaz, texnopark, madaniy xiyobon, uch restoran va turar-joy binolari qad rostlaydi. Massivda istiqomat qilgan aholi buzilish ishlari paytida xududni tark etmoqda.

Surxondaryo viloyatidan «O‘zbekneftmahsulot» kiyimida eshak ustida ketayotgan yo‘lovchi.

Mavzuga oid
Top