Jahon | 16:00 / 04.01.2018
14524
3 daqiqa o‘qiladi

Neft: geosiyosatning qaytishi

Foto: AP

"Yaqin Sharqdagi siyosiy tartibsizliklar neft narxini ikki yillik maksimumga ko‘tarib yubordi. Eron hukumatiga qarshi boshlanayotgan isyon OPeKning kattaligi bo‘yicha uchinchi davlatida neft qazib olishga xalaqit berishi mumkinligi bilan bog‘liq xavotirlar seshanba kuni yana o‘sishga olib keldi, bir barrel uchun narx 65 dollarlik darajadan oshdi", - deya yozmoqda Die Presse.

"Shu tariqa, geosiyosiy xatar neft dunyosiga qaytganini nishonlamoqda", - deya izoh bergan maqola muallifi Mattias Auer.

"Neft kompaniyalari narxning oshishi uchun avvalambor OPeK kartelidan minnatdor bo‘lishi kerak. Ishlab chiqaruvchilarning narxlarni barqarorlashtirish uchun qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuvi effekt berdi, bu tarixiy bitimni imzolagan davlatlarning ba'zilari unga bugungi kunga qadar rioya etmagan bo‘lsa-da, kuzatildi. Bu yerda Rossiya yaxshi namunadir", - deya yozadi jurnalist.

Kelishuvda qatnashish Rossiyaga o‘tgan yilda yerdan SSSR parchalanib ketganidan keyingi davrda eng ko‘p neftni qazib olishga xalal bermadi, deyiladi maqolada.

"Putin 1999 yilda hukumat tepasiga kelganidan so‘ng, mamlakatda neft qazib olish hajmi qariyb uch baravarga oshdi. Biroq o‘tgan yilgi tryuk faqat shuning evaziga yuz berdiki, Rossiya OPeK bilan bitimga alohida shartlarda erishishning uddasidan chiqdi", - deya xabar beradi muallif.

Mavzuga oid: Kichik oqqushlar raqsi. 2018 yilda neft narxi nimalarga bog‘liq bo‘ladi?

"Rossiya yangi yilda neft qazib olishning hajmining qisqarganini his etishi kerak. Ekspertlar bir necha yil ichida birinchi marta Rossiya neft qazib olish sohasida sustlik yuz berishini kutishmoqda", - deyiladi maqolada.

Amerikada slanetsli neft qazib olinishiga keladigan bo‘lsak, 2017 yilning oxirida u 2015 yilning oktabridan beri eng minimal darajada qolayotgandi. Bu ham neftning bugungi narxlarini yuqori darajada saqlab qolishi kerak, har holda birinchi yarim yillikda, deya fikr bildirgan muallif.

"Biroq, OPeKning noyabr oyida Venada bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ba'zi mamlakatlar bitimdan chiqishga chaqirishdi. O‘shanda Rossiyaning ovozi eng baland eshitilgandi", - deya ta'kidlaydi muallif xulosa o‘rnida.

Mavzuga oid