09:35 / 04.01.2018
19822

Oq uy Kim Chen Inning ruhiy holatidan tashvishda

Foto: Reuters

Oq uy vakili Sara Sandersning ma'lum qilishicha, AQSh ma'muriyati KXDR yetakchisi Kim Chen Inning ruhiy holati borasida aniq bir fikrga ega emas, deb xabar bermoqda Reuters.

«Prezident va bizning xalq Shimoliy Koreya yetakchisining ruhiy holatidan tashvishda bo‘lishi kerak», - deya aytib o‘tgan Sanders.

Uning ta'kidlashicha, AQSh prezidentining «kuchsiz bo‘lish niyati yo‘q», u, xuddi va'da berganidek, Amerika xalqini himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya bilan oliy darajada muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top