Germaniya bundestagi vitse-prezidenti Tomas Oppermann mamlakat kansleri lavozimida qolish vaqtini ikki muddat bilan cheklashni taklif qildi. Bu haqda u Welt gazetasiga aytib o‘tgan.

«Kantsler – Germaniyadagi eng og‘ir ishdir», - deya ma'lum qildi siyosatchi.

Uning ta'kidlashicha, kansler vakolatlari muddati esa to‘rtdan besh yilga qadar uzaytirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GFR kansleri Angela Merkel o‘zini dahshatga solgan hodisa haqida gapirgandi.