Germaniyaning Altena şahri burgomistri (hokimi)ga piçoq bilan qurollangan erkakning hujum qilişi GFR kansleri Angela Merkelni dahşatga solgan. Bu haqda Germaniya hukumati vakili Şteffen Zaybert tvitterdagi sahifasida xabar berdi.
«Kantsler Merkel: Burgomistr Andreas Holşteynga piçoq bilan amalga oşirilgan hujum meni dahşatga soldi. Hamda men u yana öz oilasi bilan birga bölişi mumkin ekanidan juda xursandman. Unga yordam bergan barçaga rahmat», - deya yozgan u.
Avvalroq Germaniyadagi şahar hokimiga piçoq bilan qurollangan erkak zarba bergani haqida xabarlar tarqalgandi.

















