O‘zbekiston aholisi uzoq umr ko‘rishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi
Markaziy Osiyo davlatlarida umr ko‘rish davomiyligi 1990-yillardagi ko‘rsatkichdan oshdi va O‘zbekistonda 73,8 yilga, Tojikistonda 73,7 yilga, Qozog‘istonda 72,4 yilga, Qirg‘izistonda 70,9 yilga va Turkmanistonda 70,4 yilga yetdi.
Bunday ma'lumotlar “2018 yilda Markaziy Osiyodagi eng muhim 10 hodisa” deb nomlangan tahliliy sharhda keltirilgan. Bu sharh Xalqaro munosabatlar bo‘yicha Qozog‘iston kengashi raisi Yerlan Karin tomondan taqdim qilingan.
Sharhda keltirilgan hodisalardan biri Markaziy Osiyo davlatlaridagi aholi soni bo‘ldi. Ma'lum qilinishicha, mintaqamizda aholi soni 2017 yilda 70 mln dan oshgan.
“Aholi yosh strukturasi o‘zgarishi ko‘p jihatdan umr ko‘rish davomiyligi oshishi va o‘lim darajasi pasayishi bilan bog‘langan. 2017 yilda mintaqada keksa aholi ulushi 4,9 foizgacha oshdi. Bunda eng yuqori ko‘rsatkich Qozog‘istonda – 7,2 foiz, eng past ko‘rsatkich Tojikistonda – 3,2 foiz bo‘lgan”, deb aytgan Karin.
Karinning aytishicha, 2018 yilda mintaqada bolalar soni va ularning ulushi oshishda davom etadi.
“2017 yil boshida 14 yoshgacha bolalar soni 20,5 mln nafarni tashkil qilgan, ularning ulushi mintaqaning 5 ta davlati aholisi umumiy sonining 29 foizini tashkil qiladi”, deb ma'lum qildi Karin.
Kengash prognozlariga ko‘ra, tug‘ilishning amaldagi o‘rtacha sur'atlari saqlanib qolsa, 2018 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining bolalar aholisi umumiy aholining 30 foiziga yetadi.
Ta'kidlash joizki, 2017 yilda Qozog‘istonda aholining onlayn hisoblagichi ishga tushirilgan. Bu hisoblagich real vaqt rejimida mamlakatda aholi soni o‘zgarishini kuzatishga imkon beradi.
Mavzuga oid
15:14
Markaziy Osiyoda O‘zbekistonning oziq-ovqat bo‘yicha tashqi savdosidagi yetakchi davlat aytildi
17:25 / 15.11.2024
2050 yilga borib Markaziy Osiyo muzliklarining uchdan bir qismi erib ketishi mumkin
17:42 / 14.11.2024
Markaziy Osiyo tabiiy ofatlar tufayli yalpi ichki mahsulotining 6 foizini yo‘qotishi xavfi bor
20:54 / 11.11.2024