16:50 / 09.01.2018
99756

Davlat maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi 10–son qarori bilan Davlat maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi Huquqiy axborot kanalida xabar berilgan.

Nizomga asosan davlat maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarining lavozim maoshlari:

lavozim va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalar;

lavozim maoshlariga qo‘shimchalar va ustamalar asosida shakllantiriladi.

Jismoniy va psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan muascasalarda rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Hujjat matni bilan www.lex.uz orqali tanishish mumkin.

Top