O‘tgan 2017 yil jahon avtomobilsozligida ham sermahsul yillardan biri bo‘ldi. Albatta, 2018 yil ham undan kam bo‘lmasligi aniq. Jaguar elektr krossoveri, yangi avlod LR Defender va ilk Rolls-Royce yo‘ltanlamasi shular jumlasidan... Va albatta, bular boshlanishi, xolos! Motor.ru sayti 2018 yilda taqdim etilishi kutilayotgan avtomobillar bilan tanishtiradi. 

Audi Q8

Foto: AutoMarket

Audi kompaniyasining yangi bayroqdor krossoveridan darak beruvchi namunalarni biz o‘tgan yilda 2 marta: yanvar hamda mart oyida ko‘rdik. Q8 Sport Concept kontsepti 450 ot kuchiga ega bo‘lgan 6 silindrli benzinda harakatlanuvchi motor, elektr kuchaytirgich va 48 voltli bort tizimiga ega edi.  Seriyali ishlab chiqariluvchi krossover Q7 yo‘ltanlamasining yanada hashamatli va kuchliroq namunasi bo‘lishi aytilmoqda.

BMW X7

Foto: Twitter

Germaniyaning yana bir mashhur avtomobilsozlik kompaniyasi ishlab chiqqan X7 iPerformance kontsepti 2017 yil sentabrida Jyeneva avtosalonida namoyish etildi. BMW kompaniyasi dekabr oyi oxiridayoq Amerikaning Spartanberg shahridagi zavodida seriyaoldi mashinalarining yig‘ilishini namoyish etdi. Shu narsa ma'lumki, X7 xDrive50i 4,4 l juft-turbo «sakkizlik» dvigatel bilan jihozlanadi. U 462 ot kuchiga tengdir. 5 hududli iqlim nazorati, obektlarni taniy oladigan tungi ko‘rish tizimi, Xoffroad yo‘ltanlamas to‘plami qulayliklardan ayrimlaridir. Seriyali avtomobil shu yil oxirida sotuvga chiqadi.

BMW 8 Series

Foto: Motor1

8-seriyadagi yangi bayroqdor kupe darakchisi 2017 yil bahorida takil etilgan Concorso d’Eleganza Villa d’Este – nafislik festivalida namoyish qilingan edi. Seriyali mashina yangi «yettilik» platformasida barpo etishadi. U shunchalik nafis va hashamatli bo‘lishi kutilyaptiki, u segment talablarini yuqori pog‘onaga ko‘tarishi aytilmoqda. 8 Series juda ko‘plab to‘plamlariga ega bo‘ladi, xususan 850 va M8 shular jumlasidan. Unga M760Li xDrive avtomobiliga o‘rnatilgan V12 motorini joylash ehtimoli katta.