O‘zbekiston | 17:00 / 19.01.2018
11758
1 daqiqa o‘qiladi

Juma namozlarida Aqto‘be fojiasida halok bo‘lganlar haqiga duolar qilindi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O‘zbekistonning barcha masjidlarida bugungi juma namozida Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan fojiada halok bo‘lganlarning haqiga tilovati Qur'on qilinib, duolar qilindi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 18 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan fojiada halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. 

Shuningdek, ulamolar va imom-domlalar tomonidan halok bo‘lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirish, masjid-madrasalarda xatmi Qur'onlar o‘qib, ruhi poklariga baxshida qilish va yaqinlariga tasalli berish kabi ishlar boshlandi. Qozog‘iston muftisi Serikbay Hoji Oraz o‘zbekistonlik hamkasblariga bu mudhish voqea yuzasidan ta'ziya izhor qildi.

Mavzuga oid