Fan-texnika | 20:10 / 21.01.2018
11232
2 daqiqa o‘qiladi

2017 yilning eng xaridorgir krossoverlari reytingi tuzildi

Foto: Avtonovosti

Avtomobillarga bag‘ishlangan Focus2Move jurnali mutaxassislari 2017 yilning eng ko‘p sotilgan krossoverlar reytingini tuzishdi. Reytingni tuzishda muayyan modelning 2017 yil davomida jahon bo‘ylab qancha miqdorda sotilgani hisobga olingan.   

Savdolar natijalariga ko‘ra, 2017 yilda jahonda eng ko‘p miqdorda Toyota RAV4 modeli sotilgan. Ushbu krossoverdan 807400 dona xarid qilingan. RAV4 savdosi 2016 yildagiga nisbatan 11 foizga oshgan va 2016 yilgi reyting g‘olibi Honda CR-V’ni 2-o‘ringa tushirishga muvaffaq bo‘ldi. CR-V’dan 2017 yilda 748050 dona sotilgan.

Yetakchi uchlikni Volkswagen Tiguan modeli yakunlamoqda. Bu modeldan 703140 dona sotilgan va savdosi 2016 yilgiga nisbatan 34,5 foizga oshgan.

4- va 5-o‘rinlarni Hyundai Tucson (620680) va Haval H6 (531980) modellari egallagan. 

Eng xaridorgir krossoverlar reytingidan shuningdek quyidagi modellar joy olgan: Nissan Qashqai (498850), Nissan Roque (449990), Nissan X-Trail (426100), Kia Sportage (425470), Mazda CX-5 (408420), Ford Escape (375940), Chevrolet Equinox (371180), Toyota Highlander (342160), Honda HR-V (337210) va GAC Trumpchi GS4 (336033).

Mavzuga oid