Murğak qalb egasi har doim atrofidagi şaxs va buyumlarga qiziqiş bilan e'tibor qaratadi. Afsuski, çaqaloq ba'zan nimalarni oğziga solişi-yu, bu moddalar soğliğiga qanday xavfni paydo qilişi haqda öy-tasavvurga ega emas. Ana şunday voqea Farğona viloyatida istiqomat qilayotgan yoş oilaning yakkayu, yolğiz farzandi bilan yuz berdi.
Ma'lum qilinişiça, çaqaloqning onasi bolaning bezovtaligi, injiq bölib qolganidan xavotirga tuşib, şifokorlarga murojaat qilgan. Dastlabki tibbiy körik paytida, uning tomoği şişgan, isitmasi borligi tufayli, bola şamollab qolgani aytilgandi. Ammo, 11 oylik çaqaloqning peşobi ham buzilgan: uning kam hojat çiqarişi onani öylantirib qöydi.

Rentgen suratlarida ayon böldiki, çaqaloqning tanasida 16 dona (!) igna bor va ular eng kamida ikki oydan buyon bolani qiynab keladi. Şunday qilib, bola va uning onasi zudlik bilan Toşkentga yuborildi. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga keltirilgan bola tezkorlik bilan jarrohlik stoliga yotqizildi.
Markazdagi Bolalar jarrohlik bölimi mudiri, professor Akilovning ta'kidlaşiça, barça ignalar tanada turliça joylaşgan: ularni çaqaloqning yöğon içak qismida, siydik qopi, kökrak qafasida, bolaning böyin qismida, umurtqa poğonasida, yurak ostida aniqlaşgan.

«11 oylik çaqaloq 9 soat davomida jarrohlik amaliyotini boşdan keçirdi. Jarrohlar jamoasi guruhlarga bölinib, dastavval 9 ta ignani qorin böşliği va böyin qismidan olib taşlagan. Şundan söng, kardiotorakal jarrohlar jamoasi iş boşlagan, bundan taşqari qon-tomir jarrohlari va sönggi bosqiçda kardio jarroh amaliyotni davom ettirdi», deydi şifokor Akilov.
Ayni paytda bolaning hayotiga xavf yetkazmaydigan darajada tanada joylaşgan uçta igna haligaça organizmda qolmoqda. Ammo, köpçilikni öylantirgan savol bilan çaqaloqning onasiga yuzlandik: ignalar bolaning tanasida qanday paydo böldi?














