Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bolalar jarrohligiga oid yangi usul patentlandi
«Bolalar son suyagi proksimal qismi displastik deformatsiyasini jarrohlik yo‘li bilan davolash usuli» nomli foydali model davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va huquqiy muhofazaga olindi.
Yaratilgan foydali model tibbiyotda ya’ni, travmatologiya va ortopediyada ishlatiladi. Usul texnik jihatdan sodda hamda nisbatan kamroq shikastlanishi bilan ajralib turadi.
U pastki oyoq-qo‘llarni gips bilan immobilizatsiya qilish vaqtini qisqartirishga imkon beradi hamda suyaklarning birlashishi uchun qulay sharoit yarata olishi sababli amaliy tibbiyotda keng qo‘llanishi mumkin.
Foydali modelni ro‘yxatdan o‘tkazish, ya’ni patent olish mutlaq huquqlarni himoya qilish uchun zarurdir. U foydali modelni ruxsatsiz boshqalar foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik huquqini beradi, bu esa uni insofsiz raqobatdan himoya qilish va foydalanishdan potensial foyda olish imkonini yaratadi.
Foydali modelni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirish mumkin.
Mavzuga oid
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
19:51 / 24.12.2025
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi
14:27 / 23.12.2025
Manzil koloniyadan qochib, 3-sinf qizni zo‘rlagan pedofil ishi sudda ko‘rilmoqda
22:08 / 22.12.2025