Davlat dasturiga asosan davlat xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy ta'minoti tizimi takomillashtiriladi.

Adliya vazirligining telegramdagi Huquqiy axborot kanalida (@huquqiyaxborot) ma'lumot berilishicha, bunda davlat organlari xodimlariga ish haqlarini bazaviy tarif stavkalari asosida to‘lashga o‘tkazish, davlat organlari xodimlari faoliyati samaradorligi natijasidan kelib chiqib, rag‘batlantirish choralarini ko‘rish, davlat idoralarida ko‘p yillik xizmat qilgani uchun oylik ish haqiga ustamalar to‘lash tizimini birxillashtirish va idoraviy uy-joylar qurish dasturini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Bundan avvalroq Davlat dasturiga asosan 2018 yil 1 iyulga qadar Davlat xizmati to‘g‘risida qonun ishlab chiqilishi haqida ma'lum qilingandi.