O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tomonidan tarjima va tafsir qilingan “Qur'oni karim va o‘zbek tilidagi ma'nolar tarjimasi” nomli kitobini lotin alifbosida chop etish yuzasidan tegishli tavsiya berdi. Bu haqda qo‘mita Axborot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asos solgan «Hilol» nashriyoti bosmaxonasida Qur'oni Karimni chop qilish boshlangani xabar qilingan va mazkur bosmaxonadan videoreportaj tayyorlangan edi.
















