11:22 / 27.01.2018
12108

Samarqandda 27 yoshli shaxs nafaqaxo‘rni urdi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ta'kidlanishicha, Pastdarg‘om tumanida 24 yanvar kuni IIBga tushgan xabarga ko‘ra, 22 yanvar soat 16:00larda Bahor mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan A.N. shu mahalla hududida o‘zaro janjal oqibatida mahalladoshi, nafaqaxo‘r, 1951 yilda tug‘ilgan O.T.ning boshiga tayoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada O.T. kasalxonaga yotqizilgan. A.N. qo‘lga olingan.

Top