Saudiyalik shahzoda hibsdagi hashamatli hayoti haqida gapirib berdi
Saudiya Arabistonida korrupsiyada gumonlanib hibsga olingan milliarder Al-Volid ibn Talol qamoqda o‘zini xuddi uydagidek his qilmoqda va o‘zi bilan yaxshi munosabatda bo‘lishayotganini aytdi. U lyuks darajadagi mehmonxona xonasida yashamoqda va go‘shtsiz taomlar bilan ovqatlanyapti. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.
O‘tgan yilning noyabr oyida mamlakatda korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli reydlar va hibsga olishlar ro‘y berdi, shahzoda ham uning doirasida ushlangan. U o‘tgan oylar davomida matbuot bilan muloqotga kirishmadi va endi o‘zining qamoqqa olinganidan beri ilk intervyusini berishga qaror qildi.
Agentlikning ta'kidlashicha, ibn Talol podshohlik oilasining qo‘lga olingan boshqa o‘nlab a'zolari bilan birgalikda Ar-Riyoddagi «Ritts Karlton» mehmonxonasida yashamoqda. Uning ixtiyorida nechta xona borligiga aniqlik kiritilmagan. Reuters faqat kabinet, oshxona va ovqatlanadigan xonani tilga oldi. «Men o‘zimni juda yaxshi his qilmoqdaman, sababi o‘z davlatim, o‘z shahrimdaman, bu yerda men xuddi uydagidek ahvoldaman. Bu menga hech qanday noqulayliklar keltirib chiqarmayapti», - deya aniqlik kiritgan milliarder.
Saudiya podshohining qarindoshi intervyu davomida yaqin vaqt ichida uni to‘la oqlashlari va erkinlikka chiqishini ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘ziga qarshi hech qanday ayblovlar qo‘yilmagan. «Men va hukumat o‘rtasida muhokama uchun ba'zi mavzular bor, ular haqida hozircha ma'lumot bera olmayman», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan shahzoda.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
17:20 / 17.12.2024
Xitoyda katta miqdorda pora olishda ayblangan partiya mulozimi qatl etildi
12:00 / 11.12.2024