16:50 / 28.01.2018
7642

King is back! Rojyer Federer Australian Open’da g‘olib chiqib, 96-sovrinini qo‘lga kiritdi

Shveytsariyalik tennischi Rojyer Federer «Katta dubulg‘a» tasnifiga kiruvchi yilning dastlabki musobaqasi Australian Open musobaqasida g‘alaba qozondi.

Finalda shveysariyalik jahonning 2-raqamli tennischisi ATR reytingida 6-o‘rinni egallab turgan xorvatiyalik Maren Chilichga qarshi kortga chiqdi. 3 soatdan ortiq vaqt davom etgan final uchrashuvida Federer besh set yakuniga ko‘ra, 6:2, 6:7, 6:3, 3:6, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Bu 36 yoshli Federerning Australian Open musobaqasidagi oltinchi g‘alabasi bo‘ldi. Umuman olganda Rojyer «Katta dubulg‘a» tasnifida 20-marta g‘alaba qozondi. Uning faoliyatida davomida qo‘lga kiritgan sovrinlari soni 96taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, ayollar o‘rtasidagi musobaqada Karolin Voznyatski bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi.

Mavzuga oid
Top