20:38 / 28.01.2024
6354

Sinner Medvedev bilan bahsda kambek qilib, Australian Open g‘olibiga aylandi

Australian Open finali dramatik tarzda yakunlandi. 

Foto: Reuters

Yarimfinalda dunyoning birinchi raqamli raketkasi Novak Jokovichni mag‘lub etib sensatsiya qayd etgan Yannik Sinner finalda Daniil Medvedev bilan bellashuvda iroda ko‘rsatdi. Italiyalik 22 yoshli tennischi dastlabki ikki setni boy berganiga qaramay, yakunda g‘alaba qozondi va 2,1 mln dollar ishlab oldi. 

Sinner faoliyatida ilk bor «Katta dubulg‘a» zafar quchdi. Shuningdek, u Australian Open'ning Jokovichdan so‘ng (2008 yil, 20 yosh) eng yosh chempioniga aylandi.

Australian Open
Melburn, Avstraliya
Final

Yannik Sinner (Italiya) — Daniil Medvedev (Rossiya) 3:6, 3:6, 6:4, 6:4, 6:3

Top