Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev «Navro‘z» istirohat bog‘i loyihalari bilan tanishdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanida barpo etilayotgan «Navro‘z» madaniyat va istirohat bog‘i loyihalari bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Anhor bo‘yida bunyod etilayotgan bu bog‘dagi barcha inshootlar ma'naviyat, milliy qadriyatlarni ifoda etadi. Bog‘da «Navro‘z» bayrami tantanalari, madaniy tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan amfiteatr, qadimiy hovlilar, ustaxonalar, ayvonlar, choyxonalar va milliy an'analarimiz aks etgan etnografik shaharcha quriladi.
«Navro‘zda madaniyat va qadriyatlarning barcha jihatlari namoyon bo‘ladi. Bu bog‘ ana shu boy milliy merosni tarannum etadigan joy bo‘lishi kerak. Bu yerga sayyohlar ham ishtiyoq bilan kelishi, o‘zini xuddi o‘zbek mahallasida yurgandek his qilishi zarur. Har bir bino, o‘tkaziladigan har bir tadbir o‘sib kelayotgan yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyat va an'analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘zligini anglashga hissa qo‘shishi lozim», degan prezident.
Davlat rahbari loyihalarni yanada takomillashtirish, Navro‘z bayramini xalq sayli tarzida o‘tkazish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Mirzo Ulug‘bek tumani hududidagi ekopark o‘rnida yangi madaniyat va istirohat bog‘i barpo etilishi haqida ilk marta o‘tgan yilning yanvarida xabar berilgan, hududda qurilish ishlari boshlangani, bu bog‘ Navro‘z bayrami arafasida ochilishi aytilgandi.
Keyinroq, o‘tgan yilning aprelida prezident ushbu bog‘ loyihasini ma'qullagani, 2018 yilgi Navro‘z bayrami shu bog‘da nishonlanishi haqida ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
21:15 / 11.12.2025
Sumalak tayyorlash YuNeSKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
13:49 / 09.09.2025
Prezident: “O‘qituvchilar maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim haqiqatga aylandi”
21:33 / 22.08.2025