O‘zbekiston | 15:24 / 09.04.2017
14166
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Navro‘z» nomli yangi madaniyat va istirohat bog‘i tashkil etiladi

Foto: Madina Nurman

Toshkent shahrida yaqin vaqtlar ichida o‘ziga xos «Navro‘z» nomli madaniyat va istirohat bog‘i tashkil qilinadi. Loyiha mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ma'qullangan.

«Navro‘z» madaniyat va istirohat bog‘i shahar markazida barpo etiladi. Bu bog‘ o‘zbekistonliklar va xorijliklar orasida Navro‘z bayrami, o‘zbek xalqining qadimiy qadriyatlari haqida tasavvurlar hosil qilish maqsadida tashkil etiladi. Xiyobon barcha uchun ochiq bo‘ladi.

Bog‘ning tuzilishida Amir Temur va Temuriylar sulolasi davridagi me'morchilik an'analaridan foydalaniladi.

U ochiq osmon ostidagi muzey shaklida tashkil etilishi nazarda tutilgan. Uning hududida o‘zbek xalqining madaniyati va qadriyatlarini ifodalaydigan obektlar quriladi. Choyxonalar, bolalar maydonchalari, hunarmandchilik ustaxonalari va milliy filmlar namoyish etiladigan katta ekranlar bog‘ hududidan joy oladi.

Keyingi yilgi Navro‘z bayrami shu bog‘da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid