«Shippaklarimni kuldirmang» - Saakashvili bayonot bilan chiqdi
Gruziya sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining ma'lum qilishicha, Polshadan siyosiy boshpana so‘ramaydi. Bu haqda u NewsOne telekanaliga ma'lum qildi.
Saakashvilining aytishicha, ayni damda Polsha politsiyasi tomonidan qo‘riqlanmoqda.
«Men Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan gaplashdim, ular aeroportga kelganimda menga qo‘ng‘iroq qilishdi. Polshadan siyosiy boshpana so‘ramayman», - dedi Saakashvili.
Shuningdek, u Gruziyaga ehtimoliy ekstraditsiyasi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.
«Odessada shunday deyishadi: mening shippaklarimni kuldirmang. Gruziyaning hozirgi hukumati mendan o‘lguday qo‘rqadi. Agarda ular meni ekstraditsiya qilishmoqchi bo‘lishganida, buni kecha amalga oshirishgan bo‘lardi», - deya ma'lum qildi u.
Saakashvilining qo‘shimcha qilishicha, Gruziya va Ukrainada unga qarshi hech qanday jiddiy ayblovlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mixail Saakashvili Germaniya kansleri Angela Merkel hamda YeIdan yordam so‘ragani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:24 / 14.11.2024
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08 / 14.11.2024
Blinken: AQSh Tramp kelishidan oldin Ukrainaga yordamni kuchaytiradi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024