Gruziya sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili Germaniya kansleri Angela Merkel hamda YeIdan yordam söradi. Bu haqda Germaniyaning Bild naşri yozmoqda.
Saakaşvilining sözlariga köra, Kiyevda unga niqob kiygan erkaklar hujum qilib, uni xususiy samolyotda Polşaga olib çiqib ketişgan. Saakaşvili bu işning ortida Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko turibdi degan fikrda.
«Agarda Yevropa ittifoqi va birinçi navbatda Angela Merkel nimadir qilmaydigan bölsa, Ukraina vayron böladi. Poroşenko bu mamlakatni vayronaga aylantirmoqda hamda meni uzoqroqqa yuborişni xohlamoqda, sababi men korrupsiyani foş etmoqdaman», - deya aytib ötdi Saakaşvili.
Şuningdek siyosatçining ma'lum qilişiça, Ukrainaga qonuniy yöl bilan qaytiş va kuraşni davom ettiriş niyatida.












