10:33 / 15.02.2018
31192

2017 yilda O‘zbekistonda qancha odam poyezd ostida qolib halok bo‘lgani aytildi

Foto: Illyustrativ foto

2017 yilda O‘zbekistonda 22 marta poyezd bilan to‘qnashuv sodir bo‘ldi, 19 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ saytida xabar berilgan.

O‘z ehtiyotsizligi tufayli halok bo‘lganlar orasida sakkiz kishi bor. Yana yetti shaxs o‘zini poyezd tagiga tashlagan.

O‘tgan yili yirik shoxli qoramollar bilan poyezd to‘qnashuvlari 48 marta sodir bo‘ldi.

Yil davomida 39 marotaba poyezdlarga tosh va boshqa og‘ir buyumlarni otish hollari qayd etildi, shu jumladan, Afrosiyob tezyurar poyezdlariga - 14 ta. 

Top