21:34 / 26.02.2018
23561

Airbus Beluga samolyoti osmonda yonib ketdi

Foto: AFP 2018 / Pierre Verdy

26 fevralda dunyodagi eng yirik yuk samolyotlaridan biri Airbus Beluga bortida yong‘in chiqqani sababli Gamburgda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda o‘t o‘chiruvchilarga iqtibos keltirgan holda Bild nashri xabar berdi.

Taxmin qilinishicha, yong‘in uchuvchi kabinasida kabel yongani sababli chiqqan. Shu sababli samolyot kichik o‘lchamdagi Gamburg-Finkenverder aeroportida qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, samolyotning uch kishidan iborat ekipajiga hech narsa qilmagan.

Airbus Beluga 56 metr uzunlikka, 17,24 metr balandlikka ega. Qanotlari qulochi 44,84 metrni tashkil qiladi. Bortiga 47 tonnagacha yuk oladi.   

Mavzuga oid
Top