11:33 / 03.03.2018
11146

Tramp ozish harakatiga tushib qoldi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning shifokori unga fastfuddan voz kechish va sog‘lom ovqatlanishga o‘tishni maslahat berdi. Bu u semirib ketmasligi uchun kerak, deb xabar qilmoqda Bloomberg manbalarga asosan.

Ta'kidlanishicha, prezidentning shifokori Ronni Jyekson Trampga yog‘li va uglevodlarga boy taomlarni iste'mol qilmaslik, shuningdek, mol go‘shtidan voz kechishni tavsiya qilgan.

Bildirilishicha, Trampga semizlik bo‘yicha pastki chegaradan o‘tish uchun 0,4 kilogramm kamlik qilmoqda. Jyeksonning fikricha, nafaqat prezident, balki Oq uydagi boshqa shaxslar ham sog‘lom ovqatlanishga o‘tishi kerak.

Mavzuga oid
Top