O‘zbekiston | 08:38 / 06.03.2018
108347
2 daqiqa o‘qiladi

Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidentligidan ham ketmoqda

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning kichik qizi, O‘zbekistonning YuNeSKOdagi sobiq elchisi Lola Karimova-Tillayeva Instagram’dagi sahifasida O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidentligi lavozimidan ketayotganini xabar qildi. 

Foto: Instagram/lola_tillyaeva

«Men ushbu post orqali, mana 13 yillik faoliyatimdan so‘ng O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi Prezidentligi lavozimini tark etishga majbur ekanligimni e'lon qilmoqchiman. 

Men barcha sportchilarimiz, federatsiyaning butun murabbiylar jamoasi hamda barcha ishchi xodimlariga a'lo bajarilgan faoliyatlari, ushbu sport turini yuqori darajaga ko‘tarishdagi hissalari, uning rivojlanish yo‘lida tinimsiz mehnatlari hamda g‘ayratlari uchun chin dilimdan tashakkur bildirmoqchiman. 

Osiyo Gimnastika Ittifoqining faxriy Prezidenti lavozimini saqlab qolgan holda, men ushbu ajoyib sport turining ashaddiy muxlislaridan bo‘lib qolaman hamda bizning o‘zbek gimnastlarimizga kelgusi faoliyatlarida omad va g‘alabalar tilayman!» - deya yozgan Lola Karimova-Tillayeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekistonning YuNeSKOdagi elchisi sifatida faoliyatini yakunlayotganini ham xabar qilgandi.

Mavzuga oid