Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimovning kiçik qizi, Özbekistonning YuNeSKOdagi elçisi Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi sahifasida yuqoridagi taşkilotda mamlakat elçisi sifatida faoliyatini yakunlayotganini xabar qildi.
«Bugun mening Özbekistonning YuNeSKOdagi elçisi vazifasidagi sönggi iş kunim. Ön yil davomida diplomat sifatidagi faoliyatim albatta hayotimning muhim qismiga aylangan edi. Men uşbu bebaho tajriba, faoliyatim mobaynida tanişgan va birga işlagan insonlar hamda eng muhimi – öz ona vatanimga xizmat qiliş imkoniyatiga ega bölganimdan behad mamnunman. Ortga nazar solar ekanman, vakolatxonamiz amalga oşirgan yorqin loyihalarni yod olaman.
Özbekistonning YuNeSKOdagi Doimiy vakolatxonasi 2008-2017 yillardagi faoliyati mobaynida Navröz xalq bayrami, Katta aşula, özbek palovi an'analari, Boysun madaniy merosi, Şaşmaqom va Askiya YuNeSKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi röyxatiga kiritildi. 2016 yili dunyodagi eng katta toğ tizmalaridan biri, Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston hududini qamrab olgan Ğarbiy Tyan-Şan Butunjahon madaniy va tabiiy meros röyxatiga kirildi. 2017 yil dekabr oyida atlas va adras töqiş an'anaviy texnologiyasi YuNeSKOning nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylaş böyiça ilğor tajribalar röyxatidan joy oldi.
Men YuNeSKOdagi elçilik vazifasini tark etişga qaror qilgan bölsam-da, madaniyat, ta'lim, ilm-fan va atrof muhitni asraş sohasidagi loyihalarga oid faoliyatimni davom ettiriş niyatidaman.
Men, şuningdek, “Sen yolğiz emassan” xayriya jamğarmasi işini davom ettiriş, va oğir yurak xastaliklari bilan oğrigan bolalarga fransuz şifokorlari bilan hamkorlikda jarrohlik muolajalarini ötkaziş böyiça dasturlarni amalga oşirişni davom ettiriş maqsadidaman. Şuningdek, imkoniyati çeklangan bolajonlarga va yordamga muhtoj boşqa özbekistonlik bolalarga kömak dasturlarini davom ettiramiz», - deb yozgan L.Karimova-Tillayeva.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning avgust oyi oxirida Özbekiston Respublikasi birinçi prezidentining ikkinçi qizi Lola Karimova-Tillayeva Özbekistonning YuNESKOdagi vakili sifatida faoliyatini yakunlaşini ma'lum qilgandi. Öşanda L.Karimova-Tillayeva bundan buyon mamlakat siyosiy arbobi Islom Karimov nomi bilan ataluvçi fondni boşqarişini bildirgandi.

















