12:26 / 12.03.2018
16168

Yaponiya tarixidagi eng yirik tunets auksiondan sotildi

Foto: Daily Herald

Yaponiya baliqchiligi tarixidagi eng yirik tunets (okunlar oilasiga mansub, yirik yirtqich baliq) dushanba kuni Vakayama prefekturasidagi Katsuura portida tashkil etilgan auksiondan sotildi. Uning og‘irligi – 450 kilogramm, uzunligi – 2,74 metr.

Ma'lum qilinishicha, bu 1949 yildan beri tutilgan barcha tunetslardan eng kattasi hisoblanadi.

Tunets auksiondan 7,15 mln iyenaga – taxminan 67 ming dollarga sotildi.

Baliq 9 mart kuni, Xonsyu orolidan 555 kilometr janubda joylashgan Ogasavara orollari suvlarida tutildi. Baliqchilar uni suvdan chiqarib olishga taxminan bir soat vaqt sarflashdi.

Top