O‘g‘irlik qilgan o‘quvchilar qo‘lga olindi – IIV
Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 5 mart kuni soat 08.30dan 14.00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxslar Muqimiy ko‘chasida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan Sh.M.ning uyiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, xonasidan pullarini o‘g‘irlab ketganlar, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jomboy tumani Guliston mahallasi Paxtakor ko‘chasida yashovchi, Samarqanddagi kollej o‘quvchisi, 2000 yilda tug‘ilgan Z.Ya. va A.Qurbonov mahallasi Beruniy ko‘chasida yashovchi, kollej o‘quvchisi, 1999 yilda tug‘ilgan F.M. sodir etganliklari aniqlanib qo‘lga olinganlar.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 2018 yil 27 fevral soat 10.00dan 16.00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs Tinchlik ko‘chasida yashovchi, D.R.ning uyiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, xonasidagi seyfidan pullari va turli xildagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yakkabog‘ tumanida yashovchi, maktab o‘quvchisi, O.H. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
Mavzuga oid
12:16
Koreya Samarqandda sil kasalligini aniqlash loyihasini kuchaytiradi
15:52 / 26.12.2024
Samarqandda “Turkish Airlines” aviakompaniyasi ekipaj a’zosi bojxona nazoratidan jangovar o‘q-dori olib o‘tishga urindi
07:35 / 26.12.2024
Beshta hududda 16 kg giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi
09:09 / 20.12.2024