Jahon | 08:31 / 19.03.2018
9525
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonidagi korrupsiya ishi bo‘yicha byudjyetga 100 mlrd dollar qaytarila olindi  

Foto: Ali Jarekji / Reuters

Saudiya Arabistoni hukumati korrupsiyaga qarshi kurash doirasida 2017 yil noyabrda 11 shahzoda va 4 vazirni hibsga olgandan keyin mamlakat byudjyetiga 100 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ni qaytara oldi. Bu haqda CBS telekanaliga Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muxammad bin Salmon ma'lum qildi. 

“Summa 100 mlrd dollardan oshadi. Biroq bundan asosiy maqsad bu qiymat yoki boshqa bir qiymat bo‘lmagan. G‘oya pullarni undirishda emas, balki korrupsiyalashgan shaxslarni jazolash va korrupsiya ishlariga aralashgan barchaga ular qonun oldida javob berishlari muqarrar ekanligi haqida aniq signal berishdan iborat edi”, deb aytgan shahzoda.

2017 yil noyabrda valiahd shahzoda boshchiligidagi Saudiya Arabistoni aksilkorruptsion qo‘mitasi 200 ga yaqin kishini – shahzodalar, yuqori lavozimdagi amaldorlar va tadbirkorlarni hibsga olgandi. Ularga pul yuvish, hokimiyatni suiste'mol qilish, poraxo‘rlik va mablag‘larni sarflab yuborish ayblovi qo‘yilgan.  

Mavzuga oid