Jahon | 09:02 / 20.03.2018
19061
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar tarqoq sklerozni davolashning yangi usulini kashf qilishdi

Foto: Illyustrativ foto

Xalqaro olimlar guruhi tarqoq skleroz avj olishining ilikning asos qon hosil qiluvchi hujayralari yordamida davolash va oldini olish usulini yaratib, uni sinovdan o‘tkazishdi. Bu haqda “Bi-bi-si” korporatsiyasi xabar bermoqda.  

100 dan ko‘proq odam ishtirok etgan sinovlar AQSh, Buyuk Britaniya, Shvetsiya va Braziliyada o‘tkazilgan. Tajriba davomida bemorlarning bir qismi bu kasallikdan davolashda qo‘llanadigan an'aviy dorilar bilan, qolgan qismi esa asos hujayralar yordamidagi yangi terapiya bilan davolangan. Natijada oddiy dorilar bilan davolanganlar orasida 60 foiz holatda tarqoq sklerozning sekin kechuvchi rivojlanishi qayd qilingan. Asos hujayralar kiritilgan bemorlarda esa bunday dinamika faqatgina 6 foizgina holatda qayd qilingan. 

Yangi usul o‘z ichiga bir necha bosqichni oladi. Birinchidan, shifokorlar saratonni davolashda qo‘llanadigan kimyoviy terapiya yordamida bemorning immunitetini “yo‘q qiladilar”. Ikkinchidan, asos hujaylardan tashkil topgan implantat yordamida bemorning immun tizimi “qayta yuklanadi”. Bu esa bemorda tarqoq skleroz alomatlari yo‘qolishiga, kasallikning avj olishdan to‘xtashiga olib keladi.

Tarqoq skleroz markaziy asab tizimining kasalligi bo‘lib, u bosh va orqa miyadagi asab tolalari miyelin qobig‘i barbod bo‘lishi oqibatida yuzaga keladi. Bu kasallik autoimmun kelib chiqishga ega, ya'ni immunitet xato ravishda o‘z to‘qimalari va inson a'zolariga hujum qilib, ularni yo‘q qiladi.

Mavzuga oid