01:20 / 27.03.2018
8041

Facebook bilan bog‘liq mojaro sababli odamlar Tsukerbergdan yuz o‘girmoqdalar

Foto:Reuters\Lucas Jackson

Facebook bilan bog‘liq mojarodan keyin ijtimoiy tarmoqdagi akkaunt egalari unga ishonmay qo‘ydilar va uni demokratik jamiyatga tahdid deb hisoblamoqdalar. Bundan Reuters axborot agentligi va Bild nashri chop etgan jamoatchilik fikri so‘rovnomalari natijalari darak bermoqda.

19 mart kuni CNN telekanali Facebook’ning 50 mln foydalanuvchisi haqidagi ma'lumotlar ijtimoiy tarmoq bilan hamkorlik qiluvchi Cambridge Analytica kompaniyasi orqali chiqib ketganini ma'lum qilgan. Cambridge Analytica thisisyourdigitallife dasturi yordamida foydalanuvchilar haqida ma'lumotlarni yig‘ib, so‘ngra ularni boshqa tashkilotlar, jumladan siyosiy shtablarga sotgan. 

Reuters/Ipsos o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 41 foiz amerikaliklar Facebook’ga ma'lumotlarni ishlashida to‘liq ishonch bildiradilar. Qolganlar esa kompaniya shaxsiy ma'lumotni himoyalash qonunlarining barcha talablarini bajarishiga shubha bildirishgan.  

Bu ko‘rsatkichlar axborot texnologiyalari gigantlariga foydalanuvchilar bildirgan ishonch reytingida eng pasti hisoblanadi. 

Bild chop etgan so‘rovnomalar natijalari esa kompaniya o‘z obro‘sini ancha yo‘qotganini ko‘rsatmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, 60 foiz respondentlar ijtimoiy tarmoqlarlar demokratiyaga salbiy ta'sir ko‘rsatgan, deb hisoblaydilar. 

Mutaxassislarning fikricha, foydalanuvchilar Facebook’ni ommaviy ravishda tark etishlari haqida gapirishga hali erta. “Facebook kabi ijtimoiy tarmoqdan voz kechish ruhan qiyin, chunki u odamlar hayotiga singib ketgan”, deb izoh bergan vaziyatga internet-tahlilchi Debora Uilyamson. Uning fikricha, ishonchning yo‘qolishi auditoriyaning servisdan to‘liq voz kechishini anglatmaydi.

O‘tgan hafta deletefacebook nomli fleshmob yo‘lga qo‘yilgandi: foydalanuvchilar o‘z ma'lumotlari xavfsizligidan xavotirlanib, Facebook’dagi profillarii o‘chirib tashlaganlar. Ushbu harakatni Tesla rahbari Ilon Mask ham qo‘llab-quvvatlagan.

Mojaro sababli kompaniya aksiyalari narxi 14 foizga tushib ketdi. 

Mavzuga oid
Top