14:14 / 04.04.2018
11232

Qirollik oilasi vakillariga ustritsa va suv iste'moli taqiqlandi

Foto: Reuters

Parhezshunoslar Britaniya qirollik oilasi a'zolari uchun xorijiy safarlar chog‘ida iste'mol qilish taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxatini tuzishdi, bundan maqsad - ularni zaharlanishdan saqlash, deyiladi Independent nashrida. 

Taqiqlangan mahsulotlarning birinchi va asosiy guruhiga mollyuskalarning barcha turlari, jumladan, ustritsalar kiritilgan. Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ekspertlarining fikricha, sohil suvlaridagi zararli vibrionlar tufayli ularni xom holatda yeyish xavfli. 

"Qora ro‘yxat"dagi keyingi mahsulot xom go‘sht va yaxshi qovurilmagan steyklardir, ularda ham inson organizmi uchun zararli mikroorganizmlar saqlanib qoladi. 

Bundan tashqari, qirollik oilasi vakillariga suv quvuridan suv ichish taqiqlandi, hatto u mamlakatda shunday qilish mumkin bo‘lsa ham.

Top