22:40 / 04.04.2018
6123

Nurlan Yermekbayev Qozog‘iston xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi  

Foto ©Turar Kazangapov

Nurlan Yermekbayev Qozog‘iston din va fuqarolik jamiyati ishlari vaziri lavozimini tark etdi va prezident yordamchisi – xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi. 

Qozog‘iston din va fuqarolik jamiyati ishlari vazirligi 2016 yilda tashkil etilgan. 

Nurlan Yermekbayev 1963 yilda Chimkentda tug‘ilgan. O‘z faoliyati davomida Qozog‘istonning Singapurdagi ishonchli vakili, Qozog‘iston prezidenti ma'muriyati tashqi siyosati markazi rahbari, prezident maslahatchisi, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, prezident yordamchisi, Qozog‘istonning Xitoy, Vetnam va Shimoliy Koreyadagi elchisi, xavfsizlik kengashi kotibi, din va fuqarolik jamiyati ishlari vaziri kabi lavozimlarda ishlagan. 

 

Mavzuga oid
Top