01:23 / 12.04.2018
16003

Neft narxining oshishi rublni "jonlantirdi"

Foto: RIA Novosti / Vladimir Astapkovich

11 aprel kuni kechqurun Brent neftining narxi 2014 yilning noyabridan buyon birinchi marta bir barrel uchun 73 dollarga yetdi. Reuters agentligi shu haqida xabar berdi.

Bu voqea fonida AQSh tomonidan rossiyalik oligarxlar, amaldorlar va top-menejyerlarga nisbatan kiritilgan sanksiyalar sabab yuzaga kelgan holat - rublning pasayishi to‘xtadi. 

"Chorshanba kuni kechqurun rubl qiymati pastligicha qolmoqda, biroq neft narxi oshishi natijasida yuzaga kelgan voqea sabab u haddan tashqari pasayib ketish xavfidan yiroqlashdi", deyiladi agentlikda.

Moskva vaqti bilan soat 19:45 da Brent nefti London ICE birjasida bir barrel uchun 72,07 dollarni tashkil qildi. Dollar kursi - 62,51 rubl, yevro kursi esa - 77,36 rubl deya qayd qilindi. 

11 aprel kuni kunduzi AQSh prezidenti Donald Trampning Suriyaga hujum qilish niyatidan so‘ng dollar 2016 yilning 30 noyabridan buyon birinchi marta 65 rubl ko‘rsatkichidan oshdi. Yevro 2016 yilning 10 martidan maksimumgacha - 80,5 rublgacha ko‘tarildi.

Top