21:50 / 18.04.2018
4544

Karen Karapetyan Armanistonning bosh vaziri birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi    

Foto: Sputnik Armeniya

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan 18 aprelda mamlakatning sobiq bosh vaziri Karen Karapetyanni bosh vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinladi. 

Armaniston konstitutsiyasiga ko‘ra, Karapetyan nomzodini mamlakatning yangi bosh vaziri Serj Sarsgyan taklif qilgan. Karapetyan bosh vazir lavozimini 2016 yildan 2018 yil 9 apreligacha egallagan.

Sarkisyan, shuningdek, Armen Gevorgyan va Vache Gabriyelyanni bosh vazir o‘rinbosarlari etib tayinlash haqidagi farmonni imzolagan. Armen Gevorgyan bungacha prezident ma'muriyati boshlig‘i bo‘lib ishlagan, Vache Gabriyelyan esa bosh vazir o‘rinbosari va xalqaro iqtisodiy integratsiya va islohotlar vaziri lavozimlarini egallagan.

 

Mavzu
Armaniston mojarosi
Armanistonda sobiq prezident Serj Sargsyan bosh vazir bo‘lishiga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishlar tashkilotchisi bu harakatlarni «Baxmal inqilob» deb atadi
Barchasi
Mavzuga oid
Top