Iqtisodiyot | 14:31 / 26.04.2018
6984
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya ofshorlarda aktivlarini saqlayotgan rossiyaliklar nomini ochiqlashga tayyorlanyapti

Foto: pixabay.com

Buyuk Britaniyada Kayman orollari va Britaniya Virgin orollaridagi hisob raqamlarida o‘z pul mablag‘larini saqlayotgan kompaniyalar benefitsiarlari shaxsini ochiqlash imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Tegishli qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish jarayoni keyingi hafta bo‘lib o‘tadi, deb yozmoqda The Times.

Konservativ partiya vakili Endryu Mitchellning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bu hujjatni tayyorlashga rozi bo‘lgan. U «dunyoning istalgan qismida Britaniya bayrog‘i ostida iflos pullar yashirilmayotganiga» ishonch hosil qilish uchun kerak.

Qonun loyihasiga ko‘ra, Birlashgan Qirollik tarkibiga kiruvchi hududlar shaffoflik islohotini 2020 yilga qadar amalga oshirishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Ukraina prezidentiga mamlakatdan rossiyalik 13 diplomat chiqarib yuborilgani uchun minnatdorlik bildirib, bu harakat davlat rahbariyati kollektiv xavfsizlik manfaatlariga sodiq ekanidan darak berishini aytgandi.

 

Mavzuga oid