Britaniya boş vaziri Tereza Mey Ukraina prezidentiga mamlakatdan rossiyalik 13 diplomat çiqarib yuborilgani uçun minnatdorlik bildirdi va bu harakat davlat rahbariyati kollektiv xavfsizlik manfaatlariga sodiq ekanidan darak berişini aytdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Boş vazir prezident Poroşenkoga Ukraina tomonidan taqdim etilgan qöllab-quvvatlov va rossiyalik 13 diplomat çiqarib yuborilgani uçun minnatdorlik izhor qildi. Uning ta'kidlaşiça, bu nafaqat Buyuk Britaniya bilan birdamlikning kuçli körinişi, balki bizning kollektiv xavfsizligimizga sodiqlik namunasi. Boş vazirning qayd etişiça, Solsberidagi hodisaga xalqaro reaksiyaning kölami Rossiyaga aniq signal berdi – endi uning duşmanlik harakatlariga heç kim çidab ötirmaydi», - deya ma'lum qilgan Mey ofisi vakili.
Ta'kidlanişiça, Mey Ukrainaning qöllab-quvvatlanişi Ğarb reaksiyasidagi muhim element ekanini aytgan.

















