08:51 / 07.05.2018
8601

Zidan “Kamp Nou”dagi ilk 4 ta o‘yinini yutqazmagan tarixdagi birinchi murabbiy bo‘ldi

Foto: Lluis Gene | Agence France-Presse

Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 36-turida mehmonda “Barselona” bilan uchrashuvda 2:2 hisobidagi durang natijaga erishdi.

Madridliklar bosh murabbiysi Zinedin Zidan “Barsa”ning uy maydoni “Kamp Nou”dagi ilk 4 ta o‘yinining birortasida yutqazmagan tarixdagi birinchi murabbiyga aylandi.

“Qaymoqranglilar” fransuz murabbiyligi ostida raqib maydonida 2 marta durang natija (2:2, 1:1) qayd qilishgan va 2 marta g‘alabaga (3:1, 2:1) erishishgan. 

Mavzuga oid
Top