12:41 / 10.05.2018
7433

O‘zbekistonda AKTning rivoji va kelgusi rejalar haqida ma'lumot berilishi kutilmoqda

Foto: Shutterstock

Joriy yilning 22 may kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida O‘zbekistonda AKT sohasi, IT ta'lim rivojining tendensiyalari, davlat va biznes hamkorligidagi muammolar muhokama qilinishi kutilayotgan  #MITCROADMAP2018​ anjumani bo‘lib o‘tishi e'lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-sonli Farmoni asosida, 2018-2019 yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangandi. Shu munosabat bilan, #MITCROADMAP2018​ anjumani tashkil etilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmadxo‘jayev «​O‘zbekiston ICT cohasi: hozirgi holat va istiqbol»​ mavzusida nutq so‘zlashi kutilmoqda. Shuningdek, «​O‘zbektelekom»​ AK Bosh direktori Farhod Ro‘ziyev milliy operatorning tubdan isloh qilinishi borasida fikr va rejalarini ommaga tanishtiradi.

Top