16:34 / 15.05.2018
16424

UXX Rossiya nazoratida bo‘lgan mediatuzilmalar faoliyati fosh etilganini ma'lum qildi

Foto: TASS

Ukraina Xavfsizlik xizmatining (UXX) ma'lum qilishicha, «Rossiya nazorati ostida bo‘lgan mediatuzilmalar» faoliyati fosh etildi. Bu haqda mahkama saytida xabar berilgan.

Xabarda aytilishicha, Rossiya OAVdan «Ukrainaga qarshi gibridli axborot urushi»ni olib borish uchun foydalangan.

UXX tergov harakatlari haqidagi ma'lumotni amaliyot yakunlanganidan so‘ng oshkor qilishga va'da berdi.

Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, Kiyevda jurnalist Kirill Vishinskiy qo‘lga olingan. Bundan tashqari, UXX xodimlari RIA «Novosti»’ning Kiyevdagi ofisiga kelib, u yerda tintuv o‘tkazishayotgani aytilmoqda.

Mavzuga oid
Top