11:55 / 19.05.2018
21102

AQSh bombardimonchilari KXDR tufayli o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi 

Foto: AQSh havo kuchlari

AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya ikkita B-52 bombardimonchisining yo‘nalishini o‘zgartirish haqida kelishib oldi. Bu haqda CNN o‘z manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Amerika samolyotlari Koreya yarim oroli janubi-sharqiga yaqinlashgan. Biroq, yo‘nalishni o‘zgartirishgan va Janubiy Koreya havo hududiga kirishmagan.

Ta'kidlanishicha, B-52’ning parvozi ham belgilangan muddatdan bir kun avval boshlangan.

Ekspertlarning fikricha, AQSh bombardimonchilari dastlabki yo‘nalishdan, Shimoliy Koreya hukumatining Vashington va Seul harbiy mashqlariga keskin reaksiyasi tufayli chetlashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In ikki yil ichida birinchi marta partiya harbiy komissiyasini chaqirgandi.

 

Mavzuga oid
Top