KXDR yetakçisi Kim Çen In ikki yil içida birinçi marta Koreya Mehnat partiyasi markaziy harbiy komissiyasi yiğilişini ötkazdi, uning davomida mamlakat kuçişlatar tuzilmalarida kadr özgarişlari amalga oşirildi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar qilmoqda.
«Partiyaning markaziy harbiy komissiyasi qator a'zolarini lavozimidan ozod etiş va lavozimga tayinlaş töğrisidagi, kuçişlatar tuzilmalarning qator yuqori mansabli xodimlarini lavozimidan ozod etiş va lavozimga tayinlaş töğrisidagi, yangi kadrlarni tayinlaş töğrisidagi taşkiliy masalalar körib çiqildi», - deyiladi KXDRning rasmiy xabarida.
Şuningdek, agentlikdan ta'kidlaşlariça, Kim Çen armiyani mamlakat qadriyatlarini himoya qiliş va inqilobning «mağlub bölmaydigan quroli» bölişga çaqirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR AQŞ bilan sammitni bekor qiliş haqida tahdid qilgandi.








