08:02 / 22.05.2018
5426

Pens: AQSh KXDRga nisbatan hech qachon harbiy variantni istisno etmagan

Foto: Getty Images

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Amerika tomoni Shimoliy Koreyaga nisbatan harbiy variant imkoniyatini hech qachon istisno etmagan.

«Harbiy variantni hech qachon istisno etishmagan», - deya aytib o‘tdi Pens.

U bunday bayonotni Shimoliy Koreya tomonining AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In uchrashuvini bekor qilish bo‘yicha tahdidlari fonida bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maykl Pens Tramp KXDR bilan sammitdan bosh tortishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid
Top